Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 7 396,8 mlrd soʻmni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar – 6 833,9 mlrd soʻmni, oʻrmon xoʻjaligi – 471,1 mlrd s oʻmni, baliqchilik xoʻjaligi – 91,8 mlrd soʻmni tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 9,8 % ni tashkil etdi.



