03/02/2026

 Joriy yilning 3-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan Chirchiq shahar pedagogika universitetida davra suhbati tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti F. Jo‘rayev, universitet o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

 Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 629-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

 Ma’lumki, mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi 2026-yilning 15–31-yanvar kunlari onlayn shaklda o‘tkazildi. Tadbirning ikkinchi bosqichi esa 4–28-fevral kunlari amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda “Mahalla yettiligi” vakillari xonadonma-xonadon yurib, ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali to‘playdilar. Bu esa davlat iqtisodiy siyosatini to‘g‘ri rejalashtirish uchun ishonchli va aniq ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.

 Bundan tashqari, talabalarga O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati haqida ham tushunchalar berildi.

✅ Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

src="images/2025_yigilishlar/020220261.jpg" alt="" /> src="/images/2025_yigilishlar/020220262.jpg" alt="" />