O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni bilan belgilangan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi vazifalar, shuningdek, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” va “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahrida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir aholining demografik hamda ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligining holati va tarkibini chuqur baholash, shuningdek, aholini ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash istiqbollarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan.
Yig‘ilish Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdusattorov hamda Statistika bo‘limi boshlig‘i D.Qo‘shmatova ishtirokida o‘tkazilib, unda shahar hududidagi umumta’lim maktablari rahbarlari qatnashdi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonlarida ta’lim muassasalarining o‘rni, mas’uliyati va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.




