🟢Bugun Bo‘stonliq tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini belgilangan tartibda o‘tkazish yuzasidan “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
🟢Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida savolnoma shakllarini to‘ldirish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma taqdim etilib, mas’ullarga batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish mobil ilovasining “prod-004.apk” yangi versiyasini o‘rnatish, dasturga kiritilgan o‘zgarishlar bilan ishlash hamda amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.





