Joriy yilning 9-yanvar kuni Olmaliq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” xodimlari uchun ro‘yxatga olish jarayonining so‘nggi bosqichi doirasida o‘tkazildi.
Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida savolnoma shakllarini to‘ldirish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomalar taqdim etilib, 1-, 2- va 5-shakllar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ro‘yxatga olishda foydalaniladigan mobil ilovaning “prod-004.apk” yangi versiyasini o‘rnatish, dasturga kiritilgan o‘zgarishlar bilan ishlash hamda uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.






