07/01/2026

 Bekobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar Bekobod tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘tkazilib, unda “mahalla yettiligi” faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, savolnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda mahalla faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur seminar ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirishga xizmat qiladi.