Daromad turi, qishloq xo‘jaligi faoliyatimiz va boshqa shaxsiy ma’lumotlarimizni to‘liq bergan taqdirimizda, bu ma’lumotlar soliq idoralariga yoki boshqa tashkilotlarga beriladimi?
✅ Javob:
Yo‘q. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida to‘planadigan ma’lumotlar boshqa tashkilotlarga taqdim etilmaydi.
🔒 Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlangan bo‘lib, ularning oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.




