05/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Mazkur Farmonga muvofiq, vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan shaxsga hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ular 2026-yil 15 fevralga qadar Milliy statistika qo‘mitasiga elektron shaklda taqdim etiladi.

Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish shtabining kunlik ish faoliyati tuman hokimining birinchi o‘rinbosari L.Ibragimov boshchiligida tahlil qilindi.