24/10/2025

🔺 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda “Аholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish” tadbiri oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik koʼrish maqsadida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas'ullari tomonidan Bo‘ka tumanida "mahalla yettiligi" vakillari uchun oʼquv-seminari tashkil etildi.

🔺 Ushbu seminarda Farmonning mazmun-mohiyati, roʼyxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda. Shuningdek, roʼyxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni toʼldirish tartibi va boshqa muhim mavzularda maʼlumotlar berilmoqda.

➡️ Bu kabi oʼquv-seminarlar muhim tadbir – aholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish va xalqaro talablar asosida oʼtkazishga xizmat qiladi.