2025- yilning 1- iyul holatiga Toshkent viloyatining doimiy aholisi soni 3 134 131 kishini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga koʻpaygan.
2025- yil yanvar-iyun oylarida tugʻilganlar soni 31 236 nafarni, vafot etganlar 7 914 nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 23 322 kishiga teng boʻldi. Koʻchib kelganlar soni 15 727 kishini va koʻchib ketganlar soni 13 447 kishini, qayd etilgan nikohlar 7 216 birlikni, nikohdan ajralishlar 2 330 birlikni tashkil etgan.



