Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida respublikada aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 16,8 trln so‘mga yetgan.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta ulush kompyuter dasturlashtirish xizmatlariga (43,8 %) to‘g‘ri kelib, ushbu xizmat turining o‘sish sur’ati 136,7 % ga yetdi.