Joriy yilning 5-may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va atrof muhit statistikasi bo'limi hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi tomonidan Nurafshon telekanali binosida “Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni octkazish bo‘limi boshlig‘i O.Sattorov hamda Qishloq xo‘jaligi va atrof muhit statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi M.Jabborov, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.Matbuot anjumanida aholini ro‘yxatga olish shunchaki statistika emas, balki bu mamlakat aholisining ma’lum bir vaqtdagi foto suratini ko‘rish im koniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Dunyodagi har bir mamlakat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ma’lum bir belgilangan davrlarda aholisini ro‘yxatga olib boradi.
Shu munosabat bilan 2019- yil 5- fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655- son Farmoni imzolandi. Ushbu Farmon asosida hozirgi kunda mamlakatimizda qolaversa Toshkent viloyatida ham aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2024- yil davomida viloyatimizda mavjud 10 355 taraqamsiz xonadonlardan 9 586 tasi yoki 92,5 foizi to‘liq raqamlashtirildi. Bundan tashqari aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot- tashviqot ishlari olib borildi. Jumladan: 2024- yil davomida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish mavzusida 185 marotaba veb-saytlarga maqolalar joylashtirildi, 66 marotaba viloyat va tuman, shahar gazetalariga maqolalalar chiqarildi, 8 marotaba televideniyaga, 13 marotaba radioga chiqishlar qilindi. Shu bilan bir qatorda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish mavzusida viloyatimiz hududida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida, kasbga yo‘naltirilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jami 104 marotaba seminarlar o‘tkazildi.
Shuningdek, bugungi kunda viloyat aholisi uzluksiz ravishda ko‘payib bormoqda va shu yilning yanvar-mart oylarida viloyatning aholisi soni 3 121 531 kishini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga koʻpayganligini aytib o‘tdilar.
Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va xalqaro talablarga mos ravishda o‘tkazish shu bilan birga o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va statistika sohasida tajriba almashish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasi (KOSTAT) tomonidan tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha treningda Milliy statistika qo‘mitasi delegatsiyasi qatnashganligi, unda aholining ro‘yxatga olishning ilg‘or usullari va texnalogiyalarini, ro‘yxatga olish jarayoning barcha uchun maqbulligining tahlil qilish hamda ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullari bo‘yicha tajriba almashganliklari haqida ham qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.Matbuot anjumanida qishloq xo‘jaligi ma‘lumotlari har 3 oyda yani choraklik hisobotlar shaklida yig‘ib boriladi va viloyat ko‘rsatgichlari shakillanadi. 2025- yilning yanvar–mart yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 6 177,7 mlrd so‘mni yoki 2024- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlar umumiy hajmining 94,5 % i - dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 4,4 % i –o‘rmon xo‘jaligi, 1,1 % i baliqchilik xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘rish mumkinki dehqonchilik sohasining rivojlanishi ancha yuqori ko‘rsatgichga ega. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 11,8 % ni tashkil etganligini aytib o‘tdi.
Matbuot anjumani so‘ngida ishtirokchilarning savollariga javoblar berib o‘tildi.