Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 30,4 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,8 % ga o‘sgan.
Yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va o‘sish sur’atlari yillar kesimida (yanvar-mart):
2021-yil – 17 043,5 mlrd so‘m (102,9 %);
2022-yil – 19 475,4 mlrd so‘m (102,8 %);
2023-yil – 23 398,5 mlrd so‘m (103,1 %);
2024-yil – 26 223,9 mlrd so‘m (103,6 %);
2025-yil – 30 448,1 mlrd so‘m (103,8 %) ni tashkil etdi.




