Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 6,2 trln so‘mni yoki 2024- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 5 840,1 mlrd so‘mni (103,8 %), o‘rmon xo‘jaligi – 272,8 mlrd so‘mni (103,5 %), baliqchilik xo‘jaligi – 64,8 mlrd so‘mni (101,8 %) tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 11,8 % ni tashkil etdi.




