Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 32,2 trln so‘mni tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 106,6 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2024- yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 107,1 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent viloyatining qo‘shgan hissasi 9,7 % ga yetdi.




