28/04/2025

 Toshkent viloyatida doimiy aholi soni 2025- yil 1- aprel holatiga koʻra 3 121 531 kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 55 532 kishiga yoki 1,8 foizga koʻpaydi.

Doimiy yashash hududi boʻyicha shahar joylarda 1 559 397 kishi (jami aholi soniga nisbatan 50,0 %), qishloq joylarda esa 1 562 134 kishi (50,0 %) istiqomat qilmoqda.

Ayollar soni 1 554 598 kishini (49,8 %), erkaklar esa 1 566 933 kishini (50,2 %) tashkil etmoqda.

Viloyat hududida aholi sonining eng ko‘p oʻsishi Toshkent (102,8 %), Zangiota (102,7 %), O‘rta Chirchiq (102,3 %) tumanlarida va Nurafshon shahrlda (102,3 %) kuzatildi.