Temir yo‘l transporti xizmatidan 1 kunda o‘rtacha nechta yo‘lovchi foydalanadi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida temir yo‘l transportida bir kunda o‘rtacha 31,9 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming nafarga oshgan.