Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 2 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 291 nafarga yoki 16,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida AQSHga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 1 472 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 489 nafar;
o‘qish – 63 nafar;
xizmat yuzasidan – 12 nafar.