Select any text and click on the icon to listen!

15/04/2025

 Joriy yilning 15-aprel Tohkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani 28, 29, 52- sonli umumiy o`rta ta`lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan seminari tashkil etildi

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari to‘g‘risida gapirib, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Select and listen