16/10/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34,2 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,4 % ga o‘sgan.

Savdo tarmog‘ining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,6 % ni tashkil etgan.

Savdo tarmog‘ining YAIMdagi ulushi 6,3 % ga yetgan.

Savdo tarmog‘ining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (12,4 %) va Surxondaryo viloyatida (8,4 %) kuzatilgan.