09/10/2024

YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.

Mintaqadagi ayrim davlatlar boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

Qozogʻiston – 78,3 ming nafar;

Ukraina – 76,8 ming nafar;

Rossiya – 63,6 ming nafar;

Turkmaniston – 60,9 ming nafar;

Ozarbayjon – 49,7 ming nafar;

Afgʻoniston – 34,3 ming nafar;

Tojikiston – 32,5 ming nafar;

Belarus R. – 27 ming nafar;

Qirgʻiz R. – 17,1 ming nafar.