2024- yil yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 24,1 trln so‘mni tashkil qildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining o‘sishiga xizmat turlarining qo‘shgan hissasi: savdo xizmatlari - 5,0 %, ta’lim sohasidagi xizmatlar – 2,4 %, transport xizmatlari - 2,4 %, boshqa xizmatlar – 1,1 %, moliyaviy xizmatlar - 0,7 %, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 0,8 %, yashash va ovqatlanish xizmatlari – 0,4 % va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 0,3 %ni tashkil etdi.