30/05/2024

2024- yil 1- may holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida aloqa yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 29,4 foizini tashkil etdi. Axborot xizmati ko‘rsatish hamda aloqa yo‘nalishlaridagi korxonalar soni axborot va aloqa sohasining 16,0 foizini tashkil etdi. Kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida esa korxonalar soni, axborot va aloqa sohasidagi korxona va tashkilotlarning 32,8 foizini tashkil etdi.