10/01/2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 10-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning bosqichlari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

1_-10_01_257j1a6980vvv

2_-10_01_257j1a6988vvvvv

Mazkur vebinarda hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati va mahallalarda ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish ishlari muhokama qilindi.

4_-10_01_257j1a6970vvvv

Shuningdek, vebinarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning bosqichlari batafsil tushuntirib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

5_-10_01_257j1a6992vvvv

Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

6_-10_01_257j1a6994vvv