2024- yil yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatida 173,0 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 66,1 mln. AQSh dollariga teng 117,2 ming tonnadan ortiq sabzavot shuningdek, 43,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi 38,7 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.