23/11/2023

Viloatimizda 2023- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 45 582 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 39 266 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 550 ta
  • Qibray tumani – 3 477 ta
  • Toshkent tumani 2 809 ta
  • Chirchiq shahri 2 511 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 14 657 ta
  • sanoat sohasida – 7 185 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 222 ta
  • qurilish sohasida – 2 908 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 115 ta