Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yil yanvar-oktabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 21 425,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,1 %ga ko‘paydi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 180,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 108,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 18 245,4 mlrd. so‘mni (105,6%), shu jumladan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1851.8 mlrd. so‘mni (107,5%) tashkil etdi.