16/11/2023

2023- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 1 090 mingta boshga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 %ga koʻpaydi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, qoʻy va echkilar umumiy sonining 64,1 %i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 29,4 %i – fermer xoʻjaliklari, 6,5 %i  – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.