16/11/2023

✅ Joriy yilning 16- noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda Bekobod shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Sobirov bilan birgalikda Bekobod shahri uyushgan savdo majmualarida INI (iste’mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida kuzatuv jarayoni o‘rganildi. 

O’rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga mos kelayotganligi tekshirildi.