Kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar miqdori va ulushining eng koʻpi, sanoat tarmoqlarida 51 507,1 mlrd. soʻm (51,5 %), qurilishda sohasida 12 794,2 mlrd. soʻm (12,8 %), savdo 7 732,3 mlrd. soʻm (7,7 %), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 5 053,2 mlrd. soʻm (5,1 %), tashish va saqlashda 4 047,6 mlrd. soʻm (4,1 %), sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda 2 721,2 mlrd. soʻm (2,7 %), yashash va ovqatlanishda 1 428,7 mlrd. soʻm (1,4%), axborot va aloqada 726,2 mlrd. soʻm (0,7 %)ni tashkil etgan.