22/09/2023

Joriy yilning 22- sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari tashkil etildi va unda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar hamda Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar turkumidagi jinoyatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019-yil 12- martdagi Qaroriga asosan “najot.info” va “hizb-uzbekiston.info” veb-saytlari hamda “facebook”, “youtube” va “telegram” axborot resurslari, ijtimoiy tarmoqlardagi profillar, kanallarning ekstremistik va terroristik deb tasdiqlangan sahifalar to‘g‘risida batafsil huquqiy tushuncha berildi.