2023- yilning yanvar-avgust oylarida, Toshkent viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1744,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2022- yilga nisbatan 123,4 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2022- yildagi ko‘rsatkich darajasidan 0,7 % punktga ko‘payib, 21,0 %ni tashkil etdi.