2023- yilning yanvar - iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 4 962,4 tonna baliq ovlandi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 %ga ko‘p baliq ovlandi.
Ovlangan baliqchiliklar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 92,0 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelganini ta’kidlash lozim.