08/09/2023

2023- yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 49,1 mingtani tashkil etgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘pi savdo sohasida (16,5 mingta), sanoat tarmoqlarida (9,9 mingta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida (6,1 mingta), yashash va ovqatlanishda (4,1 mingta), qurilishda (4,1 mingta), tashish va saqlashda (1,9 mingta)ni tashkil etgan.