2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 22 270,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 48,0 %ni tashkil etdi.