2023- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi umumiy yalpi hududiy mahsulotning 96,3 %ni, mahsulotlarga sof soliqlar esa 3,7 %ni tashkil etdi. Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 19,2 %ni, sanoat tarmog‘i 48,0 %ni, qurilish 6,1 %ni va xizmatlar sohasi 26,7 %ni tashkil qildi.