18/08/2023

2023- yilning 18- avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi o‘rinbosari J.Abdullayevlar tomonidan xizmatlar kuzatuvlarini oʻtkazish boʻyicha bilimi va ko'nikmasini oshirish maqsadida shahar va tumanlar statistika bo‘limlari boshliqlari va mas'ul xodimlari bilan amaliy seminar o'tkazildi.

Seminarda 3 chorakda planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarni qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va hatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.