Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 5 490,6 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 29,7 % i o‘zlashtirilgan.
Qayta ishlash sanoat tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quydagilar:
Metallurgiya sanoati - 1346,6 mlrd. so‘m, ulushi 7,3 %
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 693,8 mlrd. so‘m, ulushi 3,8 %
Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish - 1523,1 mlrd. so‘m, ulushi 8,2 %