Toshkent viloyatida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari(fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 673 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 1 480 ta
- sanoat sohasida – 624 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 372 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 312 ta
- qurilish sohasida – 243 ta
- tashish va saqlash sohasida – 129 ta
- axborot va aloqa sohasida – 100 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 54 ta
- boshqa sohalarda – 359 tani tashkil etgan.