31/07/2023

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 5,13 trln. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,5 % ni tashkil etdi.

Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 34,7 %ni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 353,2 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 347,3 ming tonna – sabzavot, 142,2 ming tonna – kartoshka yetishtirildi.