19/01/2023

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 3 638,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 5,6 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 0,6 foiz punktga va 2018- yilning mos davriga nisbatan esa 2,4 foiz punktga o‘sdi.