19/12/2022

2022- yil 16- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Bahodir Abdusalomovich Begalov hamda "BMT – Ayollar" tuzilmasining Qirg'iz Respublikasidagi vakili Ulziysuren Jamsran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar  gender statistikasi sohasidagi potentsial hamkorlik, Davlat statistika qo'mitasining har bir ayolni hisobga olish imkonini beruvchi global ma'lumotlar yig'ish borasida fikr-mulohaza almashishdi.

Tadbir davomida tomonlar keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar. Xususan, O'zbekistonda gender ma'lumotlarini tahlil qilish, O'zbekiston milliy statistika tizimining gender tengligi, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida so‘z yuritildi.

Shuningdek, milliy va xalqaro majburiyatlar monitoringi va hisoboti sohasidagi salohiyatini baholash, gender statistikasi bo'yicha milliy yo'l xaritasi/strategiyasini ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilindi.

"BMT-Ayollar" tuzilmasi vakili gender tenglik va xotin-qizlar imkoniyatini kengaytirish masalalarida milliy va xalqaro majburiyatlarga erishish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlari va tashabbuslarini yuqori baholadi.

Tomonlar yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.