07/12/2022

Joriy yilning 7- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar to‘plami" degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etish joiz.

Ta’kidlash kerakki, 1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi  bilan muborakbod etadi!