Toshkent viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 14 161,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 20,4 %ga o‘sdi. Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 10 189,7 mlrd. so‘mni (24,7%ga o‘sdi) tashkil etdi. Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 72,0 % ulushni tashkil etdi.