06/12/2022

2022-yil yanvar-oktabr oyi yakuni bilan 1695,6 mln. AQSh dollari qiymatdagi(2021- yilning shu davriga nisbatan 104,3 %) tovar va xizmatlar eksport qilindi.

 Eksport tarkibida tovarlar ulushi 98,6 %ni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (68,3 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (11,0 %), turli xil tayyor buyumlar (9,4 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (3,4 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (3,9 %), shuningdek, mashina va transport asbob-uskunalari (3,1 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.