05/12/2022

2022- yilning yanvar-oktabr ойларида kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 11,8 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 15,8 %ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Zangiota (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi -70,7 %, Parkent - 84,5%, Quyi Chirchiq -61,2 %, Toshkent - 68,6 % tumanlarida kuzatildi.

Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Olmaliq - 1,8 %, Bekobod - 2,0 % va Chirchiq -19,4 %  shaharlarida sanoat ishlab chiqarish hajmidagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hududlarda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.