? Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 36902 kishini tashkil etgan.
✅ 2022 yilning 9 oyida Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni:
— Toshkent viloyati – 16361 kishi
— Qashqadaryo viloyati – 4598 kishi
— Samarqand viloyati – 2696 kishi
— Surxondaryo viloyati – 2153 kishi
— Buxoro viloyati – 2049 kishi
— Farg‘ona viloyati – 1640 kishi
— Andijon viloyati – 1282 kishi
— Xorazm viloyati – 1281 kishi
— Navoiy viloyati – 1146 kishi
— Namangan viloyati – 1122 kishi
— Jizzax viloyati – 970 kishi
— Sirdaryo viloyati – 828 kishi
— Qoraqalpog‘iston R. – 776 kishi