04/10/2022

Joriy yilning 28–30-sentabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Eurostat tomonidan Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi, BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi va GEOSTAT bilan hamkorlikda “Ma'lumotlar manbalari va statistik tizimlarda muvofiqlashtirish” mavzusidagi yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O'zbekiston milliy statistika idoralari vakillari ishtirok etdi. Seminarda O'zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo’mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i Xurshid Jurayev va rais yordamchisi Bekzod Ziyamatov ishtirok etishdi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o’rin oldi:

- milliy statistika tizimidagi so'nggi eng muhim o'zgarishlar;

- rasmiy statistikaning ma'muriy va yangi ma'lumotlar manbalari;

- inqirozning statistik tizimlariga ta'siri – Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda boshqa mamlakatlar statistik ishlab chiqarish usullarining mazkur omillarga qanchalik moslashtirilganligi.

Tadbirda Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i Xurshid Jurayev “O'zbekiston Respublikasi statistika tizimi” mavzusida ma'ruza qildi. Rais yordamchisi Bekzod Ziyamatov Tbilisidagi davra suhbati muhokamalari va seminar ishida faol ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etuvchi davlatlar o'rtasida statistik metodologiya va amaliyotning barcha sohalarida tajriba almashildi.