Joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i v.v.b Sh. Jamoldinov, Narx statistikasi bo'limi boshlig'i M. Mirasrorov, Bo'ka tuman statistika bo'limi narx registratori K. Sattorov ishtirokida Bo'ka tumanidagi uyushgan savdo majmualarida INI (iste'mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat kuzatuvini to'g'ri tashkil qilish, narxlar planshet qurilmasiga xato va kamchiliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida kuzatuv jarayoni o'rganildi.
O'rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.
Kuzatuv viloyatning 8 ta hududlarida davom etmoqda.
14/04/2022