Zangiota tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish, shuningdek, mazkur jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirining maqsad va vazifalari, uni o‘tkazish tartibi hamda savolnomalarni to‘ldirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida xodimlarning vazifalari, tadbirkorlik subyektlari bilan to‘g‘ri va samarali muloqot o‘rnatish, zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda yig‘ish hamda jarayonni sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.
Savol-javoblar orqali ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.


